Muhlis Berdiyev - Kelinchak qo'shiq matni, lyrics

Muhlis Berdiyev

Kelinchak

Menda ko`ngli bor degandim,
Menga bo`lar yor degandim. (x2)
Olgan edim va’dasini,
Bevafolik or degandim.
Xayol bo`ldi belanchagim,
Yo`lga chiqar kelinchagim.

Bilsam menga yor emaskan,
Ko`nglimga hech zor emaskan.
Bir sevganim bor, demaskan,
Tugib qo`yib tugunchagin,
Yo`lga chiqar kelinchagim.

Ko`rgim keldi – ko`rolmadim,
So`rar so`zim so`rolmadim. (x2)
To`yiga men borolmadim,
Xayr, deya qololmadim.
Xayr, demay erinchagim,
Yo`lga chiqar kelinchagim.

Oq libosda oy ekanda,
Qoshi qaro, yoy ekanda. (x2)
Aldangani men g`arib-u,
Va’dalarga boy ekanda…
Ey, yolg`onlarga boy ekanda…

Qo'shiq haqida ma'lumot

Nomi:
Kelinchak
Xonanda:
Muhlis Berdiyev
Muallif:
Bastakor:
Klipmeyker:
Albom:
Yubordi:
Sana:
July 12, 2021