Munisa Rizayeva - Bo'ldi yurak qo'shiq matni, lyrics

Munisa Rizayeva

Bo’ldi yurak

Bu ketishda jonimga zavol yetmasa bo`ldi,
Yurakni armonlar tilmasa bo`ldi.
Savolga ko`milib, yog`ilib dard yana ko`nglimga,
Ko`chalarga tikilib-tikilib qolmasam bo`ldi.

Senga aytar so`zlarim dilimda qoldi,
Mahzun bu yurak ishqingda yondi.
Qaniydi, kelsa yo`qlab bir bor yonimga,
Nahotki, sevib jabr qildim o`zimga?!

Qo`ygin yurak-yurak, senga nima kerak,
Bo`ldi-bo`ldi yurak, yor deb bo`lma halak. (x2)

Bechora bu yurak sendan voz kecholmaydi,
Yolg`izlikka hamon ko`na olmaydi.
Aytaman ovunib-ovunib dardimni tunlarga,
Unutaman deyman, lek ko`ngil qo`ymaydi.

Senga aytar so`zlarim dilimda qoldi,
Mahzun bu yurak ishqingda yondi.
Qaniydi, kelsa yo`qlab bir bor yonimga,
Nahotki, sevib jabr qildim o`zimga?!

Qo`ygin yurak-yurak, senga nima kerak,
Bo`ldi-bo`ldi yurak, yor deb bo`lma halak. (x2)

Qo`ygin yurak-yurak, senga nima kerak,
Bo`ldi yurak-yurak, yor deb bo`lma halak. (x3)
Qo`ygin yurak-yurak, senga nima kerak,
Bo`ldi-bo`ldi yurak, yor deb bo`lma halak.

Qo'shiq haqida ma'lumot

Nomi:
Bo’ldi yurak
Xonanda:
Munisa Rizayeva
Muallif:
Shaxboz Nasirjanov
Bastakor:
Jasur Badalbaev
Klipmeyker:
Habibullo Nabiyev
Albom:
Yubordi:
Sana:
March 25, 2021