Murod Manzur - Allohga nima deyman qo'shiq matni, lyrics

Murod Manzur

Allohga nima deyman

Umrim oʻtdi shahd bilan,
Yolgʻon bilan dard bilan.
U dunyoga gumon-u,
Kayf-u safo, zavq bilan.

Shayton yelkamga mindi,
Azob-u, afsus yeyman.
Mana yuragim tindi,
Xudoga nima deyman?!

Gohi xarom yutganman,
Nafs qoʻlidan tutganman,
Namozni unutganman,
Ollohga nima deyman?!

Nafs ortida turganman,
Xirs yoʻlida yurganman,
Yuzim aybga burganman,
Endi man nima deyman?! {x2}

Podshoh bilib bolamni,
Ranjitdim goh otamni,
Yigʻlatdim-a onamni,
Oh, endi nima deyman?!

Hushim oldi jononlar,
Doʻst tutindi nodonlar,
Til soʻzladi yolgʻonlar,
Ollohga nima deyman?!

Aybga toʻla toʻrt yonim,
Boʻshdir savob hamyonim,
Choʻgʻda yonarmi jonim,
Endi man nima deyman?!

Gunohlarim bir gala,
Hayriyalarim chala,
Duoyim behafsala,
Ollohga nima deyman?! {x2}

Berilib kayf-safoga,
Vafo qilmay vafoga,
Mukka ketdim zinoga,
Endi man nima deyman?!

Oh, aqlimni zang bosdi,
Joynamozim chang bosdi,
Barin qilganman rosti,
Endi man nima deyman?!

Men puli koʻp bechora,
Topolmayapman chora.
Olloh olmas-ku pora,
Endi man nima deyman?!

Nafsinga berding deb erk,
Xirsinga berding deb erk.
Senga desa: Jannat berk,
Shunda man nima deyman?! {x2}

Gunoh bisyor, savob yoʻq,
Savollar koʻp, javob yoʻq,
Mendan holi xarob yoʻq,
Ollohga nima deyman?!

Yuzlanganimdur Ka’bam,
Iltijo qilsam har dam,
Qabulmikan-a tavbam,
Ayting man nima deyman?!

Ollohga nima deyman?! {X2}

Qo'shiq haqida ma'lumot

Nomi:
Allohga nima deyman
Xonanda:
Murod Manzur
Muallif:
Alisher Xalikov
Bastakor:
Murod Manzur
Klipmeyker:
G'iyos Mirxodiyev
Albom:
Yubordi:
Bilol
Sana:
April 23, 2021