Shodligim olamga sig`mas,
Boisi sen jonginam. (x2)
Bir ko`rib, bo`ldim asiring,
Jonginam, jononginam,
Jonginam, jononginam. (x2)

Ochilib, gulgun yonib,
Yondirgani kelganmiding? (x2)
Sarvinoz, qoshi hilolim,
Yuzlari bo`stonginam,
Yuzlari bo`stonginam. (x2)

Har safar bo`lg`ay muattar,
Sen yurib o`tsang chaman.
Sochi xushbo`yim, zarafshon,
Sunbuli rayhonginam,
Sunbuli rayhonginam.

Sen kulib boqsang, munavvar
Bo`lg`usi jumla-jahon.
Nurga to`ldirding ko`zimni,
Ko`zlari cho`lponginam,
Ko`zlari cho`lponginam.

Nurga to`ldirding ko`zimni,
Ko`zlari cho`lponginam,
Ko`zlari cho`lponginam.

Nuridiydam, mehribonim,
Tengi yo`q sohibjamol.
Xasta bo`lsam yor yo`lida,
Dardima darmonginam,
Dardima darmonginam.

Arzigay jonimni qurbon
Aylasam ul yor uchun.
Izlagan ko`pdan beri,
Ko`nglimdagi armonginam,
Dildagi armonginam.

Oshiq Uyg`un mahliyodir
San’atingga beqiyos.
Tenggi yo`q sohib adosan,
Bulbuli hushxonginam,
Bulbuli hushxonginam.

Tenggi yo`q sohib adosan,
Bulbuli hushxonginam,
Bulbuli hushxonginam.

Ochilib, gulgun yonib,
Yondirgani kelganmiding? {x2}
Sarvinoz, qoshi hilolim,
Yuzlari bo`stonginam. {x2}

Ushbu qo`shiq matni uchun Shahnoza (@shahnoz_art)ga minnatdorchilik bildiramiz.

Qo'shiq haqida ma'lumot

Nomi:
Shodligim
Xonanda:
Faxriddin Umarov
Muallif:
Bastakor:
Klipmeyker:
Albom:
Yubordi:
Sana:
June 27, 2018