Murod Manzur - Qodir Alloh qo'shiq matni, lyrics

Murod Manzur

Qodir Alloh

Allohu akbar, Allohu akbar…

Oʻn sakkiz ming olamlarni
Boʻysundirgan u kimdur? (Yo Qodir u, Yo Alloh)
Necha botmon tayyorani
Uchirtirgan u kimdur? (Yo Qodir u, Yo Alloh)

Shirin-shakar mevalar-u,
Rangin gullar Mashaolloh!
Faqat qodir yo Allohim,
Oʻzing qodir, yo Alloh. (x2)

Tanam titrar butun olam
Senga aytgan zikridan. (Yo Qodir u, Yo Alloh)
Hayratdaman inson boʻlib
Mavjudotlar shukridan. (Yo Qodir u, Yo Alloh)

Odam qilib yaratding sen,
Shukur, Alhamdulilloh!
Faqat qodir yo Allohim,
Oʻzing qodir, yo Alloh. (x2)

Yo Qodir Alloh, Yo Qodir Alloh,
Yo Qodir Alloh, Yo Qodir Alloh. (x2)

Dunyo ilmi hayronadur
Sen yaratgan ishlardan, (Yo Qodir u, Yo Alloh)
Tartib bilan kelgan doim
Bahor, yoz, kuz, qishlardan. (Yo Qodir u, Yo Alloh)

Demam bular ilm fandur
Aslo, Astagʻfirulloh.
Faqat qodir yo Allohim,
Oʻzing qodir, yo Alloh. (x2)

Yo Qodir Alloh, Yo Qodir Alloh,
Yo Qodir Alloh, Yo Qodir Alloh. (x2+x2)

Qo'shiq haqida ma'lumot

Nomi:
Qodir Alloh
Xonanda:
Murod Manzur
Muallif:
Murod Manzur
Bastakor:
Ahliyor Azimov
Klipmeyker:
Zafar Maqsumov
Albom:
Yubordi:
Bilol
Sana:
April 29, 2021