Nilufar Saidova (Rahmatova) - Holing ne qo'shiq matni, lyrics

Nilufar Saidova

Holing ne

Ko`zlarimga tikilib,
O`zingni ko`rar eding.
Yonimda bo`la turib,
Sog`inib qolar eding.

Bag`rimga boshing urib,
Ming marta sevar eding.
Kiprigim azobidan
Yonibla, kuylar eding.

Holing ne, holing ne?
So`ramayman, azizim.
Holing ne, holing ne?
Bu dunyoda boring men.

Qarasam, nigohimdan
To`kilar edi joning.
Qarolmaysan ko`zimga,
Menman o`sha dildoring.

Xiyonat ko`chasida
Yo`qoldi topgan zaring.
Goh yiglatib, kuldirgan,
Qora ko`zli xumoring.

Holing ne, holing ne?
So`ramayman, azizim.
Holing ne, holing ne?
Bu dunyoda boring men.

Umrimizning har kuni
Bayrammas jonim-jonim.
Bizni ko`rib, hech kimsa
Hayronmas jonim-jonim.

Sen bilgan mening qalbim
Vayronmas jonim-jonim.
Hayotda hech kim sendek
Sarsonmas jonim-jonim.

Holing ne, holing ne?
So`ramayman, azizim.
Holing ne, holing ne?
Bu dunyoda boring men.

Ko`zlarimga tikilib,
O`zingni ko`rar eding.
Yonimda bo`la turib,
Sog`inib qolar eding.

Bag`rimga boshing urib,
Ming marta sevar eding.
Kiprigim azobidan
Yonibla, kuylar eding.

Holing ne, holing ne?
So`ramayman, azizim.
Holing ne, holing ne?
Bu dunyoda boring men. (x2)

Ushbu qo`shiq matni uchun Shahnoza (@shahnoz_art)ga minnatdorchilik bildiramiz.

Qo'shiq haqida ma'lumot

Nomi:
Holing ne
Xonanda:
Nilufar Saidova
Muallif:
Bastakor:
Klipmeyker:
Albom:
Yubordi:
Sana:
January 3, 2019