Mana yana bahor, gulzor bog`imda,
Tabiat uyg`onar ko`z qarog`imda.
Shukur, sog`lom bolajonim qaynoq bag`rimda,
Bahorim, ketmagin, qol Vatanimda.
Yoshlikday ulg`aygin, kurtaklar ochib,
Qishning ayozlari ketsinlar qochib.
Quyoshing nurlarin mehr-la sochib,
Bahorim, ketmagin, qol Vatanimda.
Yurtimga yarashar bir tumorimsan,
Fasllar ichida ko`p xumorimsan.
Intiqib kutganim, kun nahorimsan,
Yomg`irlari, tunlari, tonglari xush bahorimsan.
Gullarga burkagin qorli tog`larni,
Uyg`ot-uyg`ot xazonga to`lgan bog`larni.
Baxsh etib bizlarga baxtli chog`larni,
Bahorim, qolaqol, xur Vatanimda.
Yam-yashil maysalar, alvon lolasi,
Yangi kunni kuylar qushlar nolasi.
Ko`ngilni, dillarni shod qil Navro`z taronasi,
Bahorim, ketma, qol gul Vatanimda.
Yurtimga yarashar bir tumorimsan,
Fasllar ichida ko`p xumorimsan.
Intiqib kutganim, kun nahorimsan,
Yomg`irlari, tunlari, tonglari xush bahorim. (x2)
Yomg`irlari, tunlari, tonglari xush bahorimsan,
Bahorimsan, bahorimsan…
Qo'shiq haqida ma'lumot
- Klipmeyker:
- Albom:
- Yubordi:
- Sana:
- April 25, 2016