Nosir Alimahsumov - To padar rozi emas qo'shiq matni, lyrics

Nosir Alimahsumov

To padar rozi emas

Ey ko`zimning sha’misan, ham nuridiydam ravshani,
Odami iymonga yetmay, hech vaqt bo`lmas g`aniy.
Marduming ozori bo`lib, bo`lma Xudoning dushmani,
Osmonga yetsa boshing, qilmag`il ma’lum mani.

To padar rozi emas – tavbang qabul bo`lmas seni,
Bas yaqin bilgin, Xudoyim ham demas bandam seni.

Kechayu-kunduz agar Qur’on tilovat aylasang,
Sha’bi ro`z aylab mudom, taqvo-yu toat aylasang,
Misli Hotamdek bo`lib, hayru-sahovat aylasang,
Kabai maqsudni ming yo`l birla ziyorat aylasang,

To padar rozi emas – tavbang qabul bo`lmas seni,
Bas yaqin bilgin, Xudoyim ham demas bandam seni.

Mashriqi, Mag`ribni kezsang, yo`q bu dardingga davo,
Qilmag`ay anda shafoat sayyidi nuri Xudo.
Kuydurur o`lmoq hamon do`zax o`ti go`rda yano,
Yuz fig`onu nola qilsang, hech kishi yo`qdur sango.

To padar rozi emas – tavbang qabul bo`lmas seni,
Bas yaqin bilgin, Xudoyim ham demas bandam seni.

Bo`yi rahmat topmasa, har kimga badkirdordur,
Go`r ani qilmas qabul, chirkin tani murdordur.
Chun Xudo bandam demas, har kim padar ozoridur,
Kim padar ozoridur, andin Xudo bezordur.

To padar rozi emas – tavbang qabul bo`lmas seni,
Bas yaqin bilgin, Xudoyim ham demas bandam seni.

Mashrabo, azmi safar qilg`il ne kun kirdori bo`l,
Bandalikni saqlag`il, sha’bi sahar bedor bo`l.
Azmi donish aylasang, amri padarga yor bo`l,
Ohiratning havfidan qon yig`lagil, xushyor bo`l.

To padar rozi emas – tavbang qabul bo`lmas seni,
Bas yaqin bilgin, Xudoyim ham demas bandam seni. {x2}

Ushbu qo`shiq matni uchun Shahnoza (@shahnoz_art)ga minnatdorchilik bildiramiz.

Qo'shiq haqida ma'lumot

Nomi:
To padar rozi emas
Xonanda:
Nosir Alimahsumov
Muallif:
Bastakor:
Klipmeyker:
Albom:
Yubordi:
Sana:
January 5, 2019