Yolg`iz qolgan jayronman,
Ne qilmoqqa hayronman, (x2)
Bag`ri dili vayronman. {x2}
Nozli, nozli, nozligim,
G`uncha kabi nozigim.
Qayga uchdi-ketdi
Bulbulday ovozligim?
Xasta yurak g`ashlanar,
Ikki ko`zim yoshlanar, (x2)
Tunlar azob boshlanar. {x2}
Nozli, nozli, nozligim,
G`uncha kabi nozigim.
Qayga uchdi-ketdi
Bulbulday ovozligim?
Ketdi ko`zga ilmayin,
Sevgim qadrin bilmayin, (x2)
Nechuk ko`ksim tilmayin,
Nechuk bag`rim tilmayin?
Nozli, nozli, nozligim,
G`uncha kabi nozigim.
Qayga uchdi-ketdi
Bulbulday ovozligim?
Qayg`u-g`amga to`ldirib,
So`lg`in gulday so`ldirib, (x2)
Ketdi ishqin o`ldirib. {x2}
Nozli, nozli, nozligim,
G`uncha kabi nozigim.
Qayga uchdi-ketdi
Bulbulday ovozligim?
Ushbu qo`shiq matni uchun Shahnoza (@shahnoz_art)ga minnatdorchilik bildiramiz.
Qo'shiq haqida ma'lumot
- Klipmeyker:
- Albom:
- Yubordi:
- Sana:
- April 27, 2018