Aslo odamzotga achchiq so`z aytma,
Faqir-u miskinga qanoat yaxshi. (x2)
Baxilga yondoshma, yuzini ko`rma,
Bir ish bitirmakka kifoyat yaxshi. (x2)

Yetimni ko`rganda kular yuz bergil,
Qo`lingdan kelsa, unga taom, tuz bergil.
G`amginni uchratsang, shirin so`z bergil,
Bechora qullarga himoyat yaxshi.

G`amginni uchratsang, shirin so`z bergil-o,
Bechora qullarga himoyat yaxshi.

Qarilik bir darddur, odam o`ldurmas,
O`ldurmas-u, tiriklikda kuldirmas. (x2)
Oriqlig`in it bo`rig`a bildirmas,
Albatta, dushmanga siyosat yaxshi. (x2)

Sevgining ishiga qilmag`il badal,
Qo`ldan kelmas ishga yarashmas jadal.
Nega kerak senga bu quruq amal?
Elga himmat, mardga dalolat yaxshi.

Nega kerak senga bu quruq amal?
Elga himmat, mardga-yey dalolat yaxshi.

Avval odam bu dunyoga kelmasa,
Kelgandan so`ng umr ko`rsa, o`lmasa. (x2)
Qo`ldan kelgan yaxshi ishing bo`lmasa,
Ko`ngul ichra, do`stlar, pok niyat yaxshi. (x2)

Go`ro`g`libek, elga aytdim nasihat,
Ko`ngli qaro bilan bo`lmanglar ulfat.
Tangrim bersa saodatli bir farzand,
Qarigan chog`ingda yosh etar yaxshi.

Tangrim bersa saodatli bir farzand-ey,
Qarigan chog`ingda yosh etar yaxshi.

Aslo odamzotga achchiq so`z aytma,
Faqir-u miskinga qanoat yaxshi.
Baxilga yondoshma, yuzini ko`rma,
Bir ish bitirmakka kifoyat yaxshi. {x2}

Ushbu qo`shiq matni uchun Shahnoza (@shahnoz_art)ga minnatdorchilik bildiramiz.

Qo'shiq haqida ma'lumot

Nomi:
Yaxshi
Xonanda:
O'ktam Ahmedov
Muallif:
Bastakor:
Klipmeyker:
Albom:
Yubordi:
Sana:
February 12, 2017