Otash Hijron va Umid - Shahnoza qo'shiq matni, lyrics

Otash Hijron

Shahnoza

Kecha man uchun qadrli bo`lgan qiz
Bugun kimlanidir quchog`iga kirib, yuragimni tirnayapti.
Undan ko`nglim qolmadi, o`zimdan ko`nglim qoldi.
Qanday sevishni bilibman-u ammo kimni sevishni bilmabman.
Har kuni tunda uning ko`chasidan o`tarkanman,
Yuragimni bir narsa qiynaydi: U mani sevarmikin? U endi…

Man yomonmi, san yomonmi?
O`rtada savol tug`ildi.
Ketganing bo`ldi jarohat,
Yuragim yomon bo`g`ildi.

Suyganlarim, sevganlarim,
Yuzlarini o`girdi.
Taqdirga tan bermadim,
Yig`ladim achchiq-achchiq.

Kunlarim, tunlarim o`tardi og`riq bilan,
Ko`changda kutardim, harorat sovuq biram.
Darak yo`q izlaringdan, holim so`ramay qo`ygansan,
Bilganda xiyonatingni kuydim-ku achchiq-achchiq.

Yana mani aldaysan, yana mani qiynaysan,
Ishonchim qolmagan sanga,
Bilaman, hislarimni o`ynaysan.
Uzoqroq yur yo`limdan,
Qo`llaringni ol qo`limdan.
Yana mani aldaysan, yana mani qiynaysan. (x2)

Qanchalar qiyin bilsang, sansizlik azoblari,
Tushlarimda ko`zlaring, jonimga tegdi bari.
O`ngimda yo`llarimni to`smagin bo`lgin nari,
Yana mani aldaysan, yana mani qiynaysan.

Man yomonmi, san yomonmi?
O`rtada savol tug`ildi.
Ketganing bo`ldi jarohat,
Yuragim yomon bo`g`ildi.

Suyganlarim, sevganlarim,
Yuzlarini o`girdi.
Taqdirga tan bermadim,
Yig`ladim achchiq-achchiq.

Yana mani aldaysan, yana mani qiynaysan,
Ishonchim qolmagan sanga,
Bilaman, hislarimni o`ynaysan.
Uzoqroq yur yo`limdan,
Qo`llaringni ol qo`limdan.
Yana mani aldaysan, yana mani qiynaysan. (x2)

Qo'shiq haqida ma'lumot

Nomi:
Shahnoza
Xonanda:
Otash Hijron
Muallif:
Bastakor:
Klipmeyker:
Albom:
Yubordi:
Sana:
May 5, 2018