Otash Hijron - Yor-yor qo'shiq matni, lyrics

Otash Hijron

Yor-yor

Ayrilaman bugun sandan-o,
Chiroyligim, sansizman-da, o-o.
Tor ko`changga endi bormayman,
Xafa bo`lma jonim mandan-o.

Sevgilimga o`zga zor ekan,
Manga endi dunyo tor ekan.
Na qilarim bilolmayman-o,
Ayrilaman bugun sandan-o.

Yor-yor ayting yangalar,
Ko`ngil qolsin, yor-yor.
Bo`lib Otash alanga,
Yurak yonsin, yor-yor.

Yor-yor ayting yangalar,
Dunyo bo`lsin tor-tor.
Bir bevafoning dastidan
Yurak yig`lar zor-zor.

Ko`zlaringning qarosi armon,
Bechora dil ishqingda sarson.
Ayriliqqa bardosh berolmay,
Qalbim tinmay yig`laydi har on.

Sevgilimga o`zga zor ekan,
Manga endi dunyo tor ekan.
Na qilarim bilolmayman-o,
Ayrilaman bugun sandan-o.

Yor-yor ayting yangalar,
Ko`ngil qolsin, yor-yor.
Bo`lib Otash alanga,
Yurak yonsin, yor-yor.

Yor-yor ayting yangalar,
Dunyo bo`lsin tor-tor.
Bir bevafoning dastidan
Yurak yig`lar zor-zor.

Qo'shiq haqida ma'lumot

Nomi:
Yor-yor
Xonanda:
Otash Hijron
Muallif:
Bastakor:
Klipmeyker:
Albom:
Yubordi:
Sana:
March 31, 2018