Nadomatki, Yaratganga yolvorib,
Deyolmasman murg’ak jonin qaytib ber.
Ular seni o’ldirdi, endi borib,
Hammasini Allohimga aytib ber. (x2)

Notinch yurtning peshonasi sho’r o’g’li,
Dunyo ahlin zor yig’latgan zo’r o’g’li.
Endigina 3 yosh eding, go’r og’li,
Hammasini Allohimga aytib ber.

Aytgin barcha shaytonga ulfatlarni,
Yosh boshingga tushgan g’am-kulfatlarni.
O’laksalar izlagan kalxatlarni,
Hammasini Allohimga aytib ber. (x2)

Tug’ilsayding O’zbek degan millatda,
Yashar eding minnati yo’q rag’batda.
Hurgina jon, endi borib jannatda
Hammasini, hammasini aytib ber.

Notinch yurtning peshonasi sho’r o’g’li,
Dunyo ahlin zor yig’latgan zo’r o’g’li.
Endigina 3 yosh eding, go’r og’li,
Hammasini Allohimga aytib ber.

Nadomatki, Yaratganga yolvorib,
Deyolmasman murg’ak jonin qaytib ber.
Ular seni o’ldirdi, endi borib,
Hammasini Allohimga aytib ber.

Qo'shiq haqida ma'lumot

Nomi:
Aytib ber
Xonanda:
Ozodbek Nazarbekov
Muallif:
Bastakor:
Klipmeyker:
Albom:
Yubordi:
Sana:
April 22, 2015