Uyqum kelmaydi – bedorman,
Yurak yig`laydi – bemorman. (x2)
O`kinchlaringdan, ovunchlaringdan,
Sog`inchlaringdan bezorman. (x2)
Uyqum kelmaydi-ey, bedorman.

Nurlar sochmagan, qushlar uchmagan,
Gullar ochmagan bahorman. (x2)
Bilmaysanda-yey, kelmaysanda-yey,
Sezmaysanda-yey, xumorman. (x2)
Uyqum kelmaydi, bedorman.

Sensiz netay man, qayga ketay man?
Yolg`iz o`tay man, hayronman. (x2)
Jonim qo`lingda, ne bor dilingda?
Har kun yo`lingda afgorman. (x2)

Uyqum kelmaydi-yey, bedorman,
Yurak yig`laydi, bemorman.
Uyqum kelmaydi, bedorman,
Yurak yig`laydi-yey, bemorman.

Ushbu qo`shiq matni uchun Shahnoza (@shahnoz_art)ga minnatdorchilik bildiramiz.

Qo'shiq haqida ma'lumot

Nomi:
Bedorman
Xonanda:
Ozodbek Nazarbekov
Muallif:
Bastakor:
Klipmeyker:
Albom:
Yubordi:
Sana:
October 16, 2018