Ozodbek Nazarbekov - Begonadurman qo'shiq matni, lyrics

Ozodbek Nazarbekov

Begonadurman

Ishq o`ti tunlari jonimni olar,
Sen ketsang, vujudim hayotsiz qolar. (x2)
Seni kuta-kuta ko`zlarim tolar,
Sensiz men dunyoga begonadurman. (x2)
Sensiz men dunyoga begonadurman.

Har lahza namoyon ko`zlaring sening,
Menga aytgan har bir so`zlaring sening. (x2)
Yo`qoldi ko`chamdan izlaring sening,
Sensiz men dunyoga begonadurman. (x2)
Sensiz men dunyoga begonadurman.

Sen ketding qo`l berib xatolar bilan,
Men qoldim yurakda yarolar bilan. (x2)
Bu dunyoda so`nmas nidolar bilan,
Sensiz men dunyoga begonadurman. (x2)
Sensiz men dunyoga begonadurman.

Ishq o`ti tunlari jonimni olar,
Sen ketsang, vujudim hayotsiz qolar. (x2)
Seni kuta-kuta ko`zlarim tolar,
Sensiz men dunyoga begonadurman. {x3}

Ushbu qo`shiq matni uchun Shahnoza (@shahnoz_art)ga minnatdorchilik bildiramiz.

Qo'shiq haqida ma'lumot

Nomi:
Begonadurman
Xonanda:
Ozodbek Nazarbekov
Muallif:
Bastakor:
Klipmeyker:
Albom:
Yubordi:
Sana:
November 14, 2018