Ozodbek Nazarbekov - Xotira (Muhriddin Xoliqov xotirasiga) qo'shiq matni, lyrics

Ozodbek Nazarbekov

Xotira (Muhriddin Xoliqov xotirasiga)

(Dunyo o’zi to’la bir armon ekan,
Bu armondan odam beomon ekan.
Armoni yo’q qandayin inson ekan,
Rozilik ham ololmadim, otajon.
Rozi bo’ling deyolmadim, onajon.)

“Tolibi sodiq topilmas”, degan edi buyuk alloma. Lekin sodiq shogirdlar, shukurki, oz emas bu dunyoda. Mohir shogird ustozining qalb qo`ridan tutatgan kasb shamchirog`ini mash’al darajasiga yetkazur. Inchunun, Muhriddin Xoliqov singari o`z san’atini o`zbeklar qalbiga muhrlay ola olgan iste’dod sohibining shogirdi. Ustod xotirasin ezgu amal ila shod qilmoq husni-xulq va husni-odobdandir.

Kimki bir ko’ngli buzuqning xotirin shod aylagay,
Oncha borkim, Ka’ba vayron bo’lsa, obod aylagay.

Yaproqlarin to’kib ma’yus bahor yig’lar,
Qorong’u uyda yolg’iz Dildor yig’lar.
O’z sozin qo`msab, mungli bir tor yig’lar,
Mahzun ko’ngillarga mehr kerak bo’ldi,
Mehr emas, balki Muhr kerak bo’ldi.

Qaro yer odamga hali to’ymas ekan,
Ajal o’z o’ljasin tashlab qo’ymas ekan. (x2)
El sevgan tillarda yashab, o’lmas ekan,
O’zbek eli sizni sevib qolar bo’ldi,
Sog’inib-sog’inib esga olar bo’ldi.

Diyorimning tun-u tongi, kunduzgacha,
Eng kichik hofizdan, mashhur yulduzgacha,
“Qiz bola”ni eslar, “Komila qiz”gacha,
Eslab, haqqingizga duo qilar bo’ldi,
O’g’il-qizingizning boshin silar bo’ldi.

Ortingizdan ko’ngil qo’yib lolalarga,
Nomingizni aytdik baland qoyalarga.
Mushtoq bo’lib go’zal-shirin nolalarga,
Toringizni Dildoringiz quchar bo’ldi,
Visol joyi endi faqat maxshar bo’ldi.

Xayr endi, xayr zamin, xayr osmon,
Xayr ustoz, mangulikda bo’ling omon!
Xayr deydi sizga ahli O’zbekiston…
Qo’shiqlaringiz bir go’zal bo’ston bo’ldi,
Shogirdlaringiz tilida doston bo’ldi.

Qaro yer odamga hali to’ymas ekan,
Ajal o’z o’ljasin tashlab qo’ymas ekan.
El sevgan tillarda yashar, o’lmas ekan,
O’zbek eli sizni sevib qolar bo’ldi,
Sog’inib-sog’inib esga olar bo’ldi.

Qo'shiq haqida ma'lumot

Nomi:
Xotira (Muhriddin Xoliqov xotirasiga)
Xonanda:
Ozodbek Nazarbekov
Muallif:
Bastakor:
Klipmeyker:
Albom:
Yubordi:
Sana:
May 20, 2021