Parilardan ming bor husning ziyoda,
Vaslingni deb kezdim toy-u piyoda.
Izlay-izlay, oxir topdim dunyoda,
Sadog`angman bir nazar qil, qaddingdan,
Qaddingdan-ey, qaddingdan!

Izlay-izlay, oxir topdim dunyoda, dunyoda,
Sadog`angman bir nazar qil, qaddingdan,
Qaddingdan oh, qaddingdan!

Tonglar otdi, kunlar botdi, ko`rmadim,
Hajring bilan bahor o`tdi ,ko`rmadim. (x2)
Qushlar kelib, uchib ketdi ko`rmadim,
Kulbam aro bir nazar qil, qaddingdan,
Qaddingdan-ey, qaddingdan.

Qushlar kelib, uchib ketdi, ko`rmadim, ko`rmadim,
Kulbam aro bir nazar qil, qaddingdan,
Qaddingdan oh, qaddingdan!

Oy desa oy, kun desa kun, deydilar,
Dunyoda yo`q bag`ri butun, deydilar. (x2)
Shoir xalqi misli majnun, deydilar,
Mayli meni sarbasar qil, qaddingdan,
Qaddingdan oh, qaddingdan.

Shoir xalqi misli majnun, deydilar, deydilar,
Mayli meni sarbasar qil, qaddingdan,
Qaddingdan, qaddingdan.

Necha yilki, ko`nglim sira to`lmaydi,
Goh sen kelsang, goho ilhom kelmaydi. (x2)
Endi senga yetishmasam bo`lmaydi,
Ishqingni sen muhtasar qil, qaddingdan,
Qaddingdan, qaddingdan!

Endi senga yetishmasam bo`lmaydi, bo`lmaydi,
Ishqingni sen muhtasar qil, qaddingdan,
Qaddingdan oh, qaddingdan!

Qo'shiq haqida ma'lumot

Nomi:
Qaddingdan
Xonanda:
Qilichbek Madaliyev
Muallif:
Bastakor:
Klipmeyker:
Albom:
Yubordi:
Sana:
December 5, 2021