[Dilnura]
Bergan va’dalaringga teng javob bor,
Narxi past yoki baland – “а это”.
Kimki aldaganda yo`q desa agar,
O`rganish bo`lsada har mahal.
Xafa qilganda yaqin odamni,
Yuragin kuyib, rosa og`ritganni,
Farishta ko`z yumgan – unga alam qilgan
Va aldaganning azobini bergan.
Uyalib ko`zlarimni pastga qaratganimda,
Yuragim kalitin senga men ishonganimda,
Yana yomg`irlar quyib osmon yig`laganida,
Va’da bergansan. (va’da bergansan va aldagansan!)
Yo`q yuborgan gullaring, yo`q ko`rmadim,
Yo`q atagan she’rlaring, yo`q eshitmadim.
Yo`q bergan va’dalaring, yo`q sezmadim,
Yo`q endi ishonmadim,
Hatto sening so`zlaringga, yo`q!
(Va’da bergansan va aldagansan…)
Bergan va’dalaringga teng javob bor,
Narxi past yoki baland – “а это”.
Kimki aldaganda yo`q desa agar,
O`rganish bo`lsada har mahal.
Xafa qilganda yaqin odamni,
Yuragin kuyib, rosa og`ritganni,
Farishta ko`z yumgan – unga alam qilgan
Va aldaganning azobini bergan.
Yalinib kechalari meni kuzatganingda,
Telefon qilaverib meni izlaganingda,
Bir o`zing qolganingda meni eslaganingda,
Javob beraman, javob beraman senga:
Yo`q yuborgan gullaring, yo`q ko`rmadim,
Yo`q atagan she’rlaring, yo`q eshitmadim.
Yo`q bergan va’dalaring, yo`q sezmadim,
Yo`q endi ishonmadim,
Hatto sening so`zlaringga, yo`q!
[Radius 21]
Ishonchlari qolmagan sevgining oxir-oqibatida,
Faqat-faqat nafrat uyg`onadi insonlar yuragida.
Mani sevmagan ekan-a, aldagan ekan, degani degan,
Hammaga kaminani u yomonlagan,
Zerikkanidan mani aybimni sanagan.
Unaqa emassan, bunaqa emassan,
(Orzularimdagi idealga o`xshamassan!)
Bo`lasan ovora mani o`zingga moslab,
Xayolingdagi yigitingga taqqoslab.
Qanday bo`lsam, shundoqligimcha sev sevsang,
Sevmasang, toshingni ter, jonginam.
[Dilnura va Radius 21]
(Yo`q) yuborgan gullarim yo`q, (ko`rmadim)
(Yo`q) atagan she’rlarim yo`q. (eshitmadim)
(Yo`q) bergan va’dalarim yo`q, (sezmadim)
(Yo`q) sani bilgan gaping:
(Hatto sening so`zlaringga yo`q!)
(Va’da bergansan va aldagansan… {x3})
(Aldagansan!)
Ushbu qo`shiq matni uchun Bayram O`serov (bayko)ga minnatdorchilik bildiramiz.
Qo'shiq haqida ma'lumot
- Klipmeyker:
- Albom:
- Yubordi:
- Sana:
- February 20, 2017