Radius 21 - Xo'p bo'pti

Radius 21

Xo’p bo’pti

Kim haqida, kim qanaqa fikrda bo`lish fazilatiga xos,
Odam zotiga mos ish-harakat qil, iltimos, o`-u.
Fisq-u farosating joyidami yoki joyidamasligini
O`zingga bilinmaganini sababi nimadaligini o`yla.
Lekin kimnidir kimnisidir kiminidir kimnisi bo`lsang,
Ayb undamas, ayb undamas, ayb undamas.

Aralash-quralash, alg`ov-dalg`ov,
Sizga qoldi saralash – past yoki naynov.
Uxladi Maykl Jekson, qarib qoldi Jey Lo,
Shunaqa odamlarmiz, noz qilamiz, voy-bo`.

Xo`p bo`pti, mayli, deb qo`ydik,
Kim uning shayidaligini ko`rdik.
Xo`p bo`pti, mayli, nima derdik,
Jilmayibgina kulib qo`yaverdik. (x2)

Hammasi musi-pusi, jaga-jaga, “palakat”,
Bir amallab yoqishga qilishadi harakat.
Qisqasi shou-biznes ko`rsatadi karomat,
Iloji yo`q joydan olinadi daromad.

Kameraga lik-lik, o`ziga yarasha,
(Digi-digi-abba) mana sanga tomosha.
Kimgadir chunga-changa ba’zilar uchun san’at,
Nima bo`lganda ham odamlar bo`lsin salomat.

(Xo`p bo`pti, mayli, deb qo`ydik…)

Xo`p bo`pti, mayli, deb qo`ydik,
Kim uning shayidaligini ko`rdik.
Xo`p bo`pti, mayli, nima derdik,
Jilmayibgina kulib qo`yaverdik. (x2)

Ajoyibotlarga to`la bizning bu hayot,
To`g`ri yo`l tanlagan odamning chehrasi obod.
Yovuzlik bo`lmaganda ko`rinmasdi ezgulik,
Kimgadir pastlik yoqadi, kimgadir balandlik.

Aralash-quralash, alg`ov-dalg`ov,
Sizga qoldi saralash – past yoki naynov.
Uxladi Maykl Jekson, qarib qoldi Jey Lo,
Shunaqa odamlarmiz, noz qilamiz, voy-bo`.

Nima haqida, kim qanaqa fikrda bo`lish fazilatiga xos,
Odam zotiga mos ish-harakat qil, iltimos, o`-u.
Fisq-u farosating joyidami yoki joyidamasligini
O`zingga bilinmaganini sababi nimadaligini o`yla.
Lekin kimnidir kimnisidir kiminidir kimnisi bo`lsang,
Ayb undamas, ayb undamas, ayb undamas.

Xo`p bo`pti, mayli, deb qo`ydik,
Kim uning shayidaligini ko`rdik.
Xo`p bo`pti, mayli, nima derdik,
Jilmayibgina kulib qo`yaverdik. (x4)

Ushbu qo`shiq matni uchun Bayram O`serov (bayko)ga minnatdorchilik bildiramiz.

Qo'shiq haqida ma'lumot

Nomi:
Xo’p bo’pti
Xonanda:
Radius 21
Muallif:
Bastakor:
Klipmeyker:
Albom:
Yubordi:
Sana:
February 11, 2017