Rayhon - Ayriliq

Rayhon

Ayriliq

Ayriliqning og’ir zamoni,
Yulduz ketar tashlab samoni,
Egilsa ham taqdir kamoni,
Sevgim, meni tashlab ketmagin.

Vaqti hijron kelsa firoqlab,
Oy ham ketar ko’kdan yiroqlab,
Izlaringni qolmay so’roqlab,
Sevgim, sevgim, meni tashlab ketmagin.

Hamma darddan, hamma darddan ayriliq yomon,
Qo’limdan kelmaydi sizdan ayrilmoq.
Hamma qayg’udan, hamma qayg’udan yomondir hijron,
Jonimsiz jondan kechish emas bu oson.

Quyosh, oyim, yulduzim o’zing,
Gulga bermas gulyuzim o’zing,
Yolg’izligim, yolg’izim o’zing,
Sevgim, sevgim meni tashlab ketmagin.

Hamma darddan, hamma darddan ayriliq yomon,
Qo’limdan kelmaydi sizdan ayrilmoq.
Hamma qayg’udan, hamma qayg’udan yomondir hijron,
Jonimsiz jondan kechish emas bu oson. (x2)

Qo'shiq haqida ma'lumot

Nomi:
Ayriliq
Xonanda:
Rayhon
Muallif:
Bastakor:
Klipmeyker:
Albom:
Yubordi:
Sana:
December 27, 2014