Rayhon va Ziyoda - Dema sodda

Rayhon, Ziyoda

Dema sodda

[Ziyoda]
Yaxshi qiz, akamga bir qarang,
Yonib, kuyib yuribdi arang.
Voy, ensalaringiz buncha tarang?
Ha deng, yo`q demang.

Qoshu-ko`zlari qoppa-qora,
Xo`p deysiz-da, yo`q boshqa chora.
E bo`lsa shunday bo`libdi bola,
Ha deng, yo`q demang.

[Rayhon]
O`ylamasin sodda deb,
Bilamanku maqsad asli ne!
Chegarasi bor – salom-alik.
(Xulosa qilmagin jonim hali-hali)

Jonim deyishga haqqi yo`q,
Bilamanku menda ko`ngli yo`q,
Akangga rozimasman, yo`q.
(Xo`p de, yo`q dema, xo`p de, yo`q dema)

[Rayhon va Ziyoda]
Dema-dema, dema-dema, dema-dema sodda,
Dema-dema, dema-dema, dema-dema yo`q.
Dema-dema, dema-dema, dema-dema sodda,
Dema-dema, dema-dema, dema-dema yo`q. (x2)

(Xo`p de, yo`q dema, xo`p de, yo`q dema)

[Rayhon]
Soxta-ku, dil izhorlarin qo`y,
Undan ko`ra so`zlasin rost-ro`y.
Ko`ngilsizlik bermasidan ro`y,
Aldamagin qo`y, meni tinch qo`y.

Dema so`zlarida ming ma’no,
Izhorlari ham allambalo.
Bola emas bu balo, balo,
Unda yo`q vafo.

[Ziyoda]
Ey, baribir rozi qilaman,
Yo ismimni boshqa qo`yaman,
Qaynisinglingiz bo`laman.
(Xulosa qilmagin jonim hali-hali)

Hozir ko`ksimda qo`llarim,
Ko`rsatmayin erkaliklarim,
E, oshmang sizlagan sarim.
(Xo`p de, yo`q dema, xo`p de, yo`q dema)

[Rayhon va Ziyoda]
Dema-dema, dema-dema, dema-dema sodda,
Dema-dema, dema-dema, dema-dema yo`q.
Dema-dema, dema-dema, dema-dema sodda,
Dema-dema, dema-dema, dema-dema yo`q. (x2+x2)

(Xo`p de, yo`q dema, xo`p de, yo`q dema)

Ushbu qo`shiq matni uchun Shahnoza (@shahnoz_art)ga minnatdorchilik bildiramiz.

Qo'shiq haqida ma'lumot

Nomi:
Dema sodda
Xonanda:
Rayhon, Ziyoda
Muallif:
Bastakor:
Klipmeyker:
Albom:
Yubordi:
Sana:
March 17, 2017