Sarbon guruhi (Farhod Saidov) – Gulsan, go'zalsan qo'shiq matni, lyrics

Sarbon guruhi

Gulsan, go’zalsan

Yonmoqdadur otashda bu dillar,
Pinhonadur qalbingda ne sirlar?
Men bedavo, sen beqarordursan,
Sog`inch aro o`tmoqda bu yillar.

Sening nozik ko`nglingda ne, bilsam,
Orom olar jismimda jon, kulsang.
Holim so`rab, bir iltifot qilsang,
Jonim beray bir ehtirom etsang. (x2)

Gulsan-go`zalsan, qandu-asalsan,
Kel, yonimga kel, buncha o`jarsan? (x2)
Kel-ey, buncha o`jarsan?

Ohumi yo og`umi bu ko`zlar?
Sehrmi yo jodumi bu so`zlar?
Men beqadr, sen bexabardirsan,
G`uncha labing ismim qachon so`zlar?

Sening nozik ko`nglingda ne, bilsam,
Orom olar jismimda jon, kulsang.
Holim so`rab, bir iltifot qilsang,
Jonim beray bir ehtirom etsang. (x2)

Gulsan-go`zalsan, qandu-asalsan,
Kel, yonimga kel, buncha o`jarsan? (x2)
Kel-ey, buncha o`jarsan?

Gulsan-go`zalsan, qandu-asalsan,
Kel, yonimga kel, buncha o`jarsan? (x2)
Kel-ey, buncha o`jarsan?

Ushbu qo`shiq matni uchun Shahnoza (@shahnoz_art)ga minnatdorchilik bildiramiz.

Qo'shiq haqida ma'lumot

Nomi:
Gulsan, go’zalsan
Xonanda:
Sarbon guruhi
Muallif:
Bastakor:
Klipmeyker:
Albom:
Yubordi:
Sana:
November 26, 2018