Hijronlaring bas aylagin, ey malak,
Zor istadim, borligingdan ber darak.
Qo`ygin yorim, jonim, yurma bedarak,
Kel bag`rima, yo`lingda qilma halak. {x2}

Manga san garaksan, manga san garak,
Sanga man garakman, manga san garak. (x2)

Zulm hajring bag`rim bir yon etibdur,
Jondan o`q suyakka yetib ketibdur.
Taqdirimiz bog`lasak na etibdur? {x2}
Topmay sani boshim qilurman halak. {x2}

Manga san garaksan, manga san garak,
Sanga man garakman, manga san garak. (x2)

Qolsin bir umrga bizdan yaxshi ot,
Ishqimizdan sayqal topsin hur hayot.
Xabar ber, parivash, qaydasan hayhot? {x2}
Oshiq Erkin yuragida guldiros. {x2}

Manga san garaksan, manga san garak,
Sanga man garakman, manga san garak. (x4)

Qo'shiq haqida ma'lumot

Nomi:
San garak
Xonanda:
Sardor Mamadaliyev
Muallif:
Bastakor:
Klipmeyker:
Albom:
Yubordi:
Sana:
March 24, 2017