Sardor Rahimhon - Xush kelding Ramazon qo'shiq matni, lyrics

Sardor Rahimxon

Xush kelding Ramazon

Sog`inchda yashadim senga yetguncha,
To sendan – sengacha o`tgandek umrim.
O`n bir oy sog`inchda yashadim qancha,
Nihoyat yetindim, bisyor shukurim.

Xush kelding, xush ko`rdik yo Ramazonim,
Haqdan bandasiga buyuk ehsonim.
Shafoat oyida umidvor yurak,
Sahovatli qo`llar bog`i o`zingsan.

Quvonchning nurila yorishgan falak,
Oylarning mohi-yu, shohi o`zingsan!
Xush kelding, xush ko`rdik yo Ramazonim,
Haqdan bandasiga buyuk ehsonim.

Muruvvat elchisi, fayzga boyim,
Dunyoga sig`maydi mehrim, Ramazon.
Bu mehmon dunyoda, ey, mehmon oyim.
Sen ila ketsaydi ruhim, Ramazon.

Xush kelding, xush ko`rdik yo Ramazonim,
Haqdan bandasiga buyuk ehsonim.

Ushbu qo`shiq matni uchun Shahnoza (@shahnoz_art)ga minnatdorchilik bildiramiz.

Qo'shiq haqida ma'lumot

Nomi:
Xush kelding Ramazon
Xonanda:
Sardor Rahimxon
Muallif:
Bastakor:
Klipmeyker:
Albom:
Yubordi:
Sana:
May 28, 2019