Otash Hijron va Sarob guruhi - Bizni ayirmasinlar qo'shiq matni, lyrics

Otash Hijron, Sarob guruhi

Bizni ayirmasinlar

Yangalaringga ayt, bizni ayirmasinlar,
Aytgin ularga, qanotim qayirmasinlar.
Sensiz yashay olmayman, tushingin axir,
Yangalaringga ayt, bizni ayirmasinlar.

Tor ko`chang buncha loy,
Yig`ladingmi, jonginam?
Ketishingni eshitib,
Jo`shib ketdi qonginam.

Uying tomonga borsam,
Haydab toshlar otdilar.
Mening boyligim eding,
Seni arzon sotdilar.

Yomg`irlar yog`manglar,
Ko`zdagi yoshim ko`rsin.
Qizginaning ostonasin
Mayli, yoshlarim ko`msin.

Qaydan topaman endi,
Ayt, bu dardimga davoni?
Hali hayot ko`rmagan
Mendek baxti qaroni.

Yangalaringga ayt, bizni ayirmasinlar,
Aytgin ularga, qanotim qayirmasinlar.
Sensiz yashay olmayman, tushingin axir,
Yangalaringga ayt, bizni ayirmasinlar. (x2)

To`xtamasdan yog`adi yomg`irlar negadir,
Balki bu ko`z yoshlaringni berkitishingga sabab.
Qo`limdan hech nima kelmasligi boshimni egadi,
Nega yana ko`changdaman, ketishingni bilsam ham?

Og`riydi yuragim, uyg`onadi hislar,
Yana tonggacha uyqu yo`q, choralar izlab.
Tongim otadi, ortadi menda kuchli bir hislar,
Boshqasi kerakmas, kerakmas o`zga qizlar.

Nega boshqa dunyolarmiz, nega taqdir bir qildi?
Axir baxt boylikdamas-u, hammamiz ham bir xilda.
Charchadim sabr qil deb, oxiri kuzataman,
Nega sevaman-u lekin seni o`zgaga uzataman?

Qolmadi madorim endi, faqat u mening borim edi,
Berardim borimni terib, menda u faqat borim edi.
Keraksan, qo`lingni so`rayman, faqat qayirmasinlar,
Ularga ayt, ikkimizni ayirmasinlar.

Yangalaringga ayt, bizni ayirmasinlar,
Aytgin ularga, qanotim qayirmasinlar.
Sensiz yashay olmayman, tushingin axir,
Yangalaringga ayt, bizni ayirmasinlar. (x2)

Ushbu qo`shiq matni uchun ‎Rauf Nazirjonov‎ga minnatdorchilik bildiramiz.

Qo'shiq haqida ma'lumot

Nomi:
Bizni ayirmasinlar
Xonanda:
Otash Hijron, Sarob guruhi
Muallif:
Bastakor:
Klipmeyker:
Albom:
Yubordi:
Sana:
January 16, 2019