O`tar dunyo demas,
Kunlar o`tib ketaveradi.
Bag`ri xunga bag`ri xunlar
Ko`ngil yoraveradi.

Kimni gardga, kimni nurga
Kunlar qoraveradi.
Kimdir nafas olar zo`rg`a,
Kimga quvvat beradi.

Kimning nafsi xuddi nahang,
Og`zin yana keradi.
Kimning esa ahvoli tang,
Qushdek rizqin teradi.

O`tar dunyo demas,
Kunlar o`tib ketaveradi.
Bag`ri xunga bag`ri xunlar
Ko`ngil yoraveradi.

Bu dunyoning qonuni yo`q,
Xohlaganni bo`ladi.
Daryolarni xoh asov sho`x,
Xohishiga buradi. (x2)

O`tar dunyo demas,
Kunlar o`tib ketaveradi.
Bag`ri xunga bag`ri xunlar
Ko`ngil yoraveradi.

Kimni gardga, kimni nurga
Kunlar qoraveradi.
Kimdir nafas olar zo`rg`a,
Kimga quvvat beradi.

Bu dunyoning qonuni yo`q,
Xohlaganni bo`ladi.
Daryolarni xoh asov sho`x,
Xohishiga buradi. (x2)

Ushbu qo`shiq matni uchun Shahnoza (@shahnoz_art)ga minnatdorchilik bildiramiz.

Qo'shiq haqida ma'lumot

Nomi:
Kunlar
Xonanda:
Sevara Nazarkhan
Muallif:
Bastakor:
Klipmeyker:
Albom:
Yubordi:
Sana:
January 29, 2019