Kunlarim sensiz-u, tunlaring mensiz,
Yana qancha umr oldinda kutar?
Sevgi bisotida bebaho, tengsiz,
Bir lahzalik visol bizni ovutar.
Yulduz misol yondik, oy kabi to’ldik,
To’le tilab zor-zor qoldi bu qo’llar.
Biz bitta yurakka aylanib bo’ldik,
Ikkiga ajralmay tursaydi yo’llar.
Umr shirin qo’rquv, kechmas behadik,
Sog’inch sovg’a bo’ldi taqdirimizga.
Bizlar birga bo’lish uchun sevmadik –
Shunchaki yoqqandik bir-birimizga.
Ammo g’am chekmoqlik bobida tengsiz
Bu yurak sog’inchni kaftida tutar.
Kunlarim sensiz-u, tunlaring mensiz,
Yana shuncha umr oldinda kutar.
Yulduz misol yondik, oy kabi to’ldik,
Tole tilab zor-zor qoldi bu qo’llar.
Biz bitta yurakka aylanib bo’ldik…
Kunlarim sensiz-u, tunlaring mensiz,
Yana qancha umr oldinda kutar?
Sevgi bisotida bebaho, tengsiz,
Bir lahzalik visol bizni ovutar.
Qo'shiq haqida ma'lumot
- Klipmeyker:
- Albom:
- Yubordi:
- Sana:
- May 26, 2015