Olib qochgum seni baribir
Qo`l uzamas dardlar bo`ynidan.
Biz zerikdik, biz charchadik axir,
Baxtlar kutib taqdir qo`ynidan.

Band-bandidan uzilar gullar,
Chekinadi moviyrang tunlar.
Peshvoz chiqar anvoyi gullar,
Bizni kutar biz kutgan kunlar.

Olib qochgum seni baribir
Qo`l uzamas dardlar bo`ynidan.
Biz zerikdik, biz charchadikku axir,
Baxtlar kutib taqdir qo`ynidan.

G`uncha tugar nozlanib guling,
Dudog`ingda yayraydi bo`sa.
Xayolingda sayrar bulbuling,
Quchog`ingda o`ladi, o`lsa.

Band-bandidan uzilar gullar,
Chekinadi moviyrang tunlar.
Peshvoz chiqar anvoyi gullar,
Bizni kutar biz kutgan kunlar.

Olib qochgum seni baribir
Qo`l uzamas dardlar bo`ynidan.
Biz zerikdik, biz charchadikku axir,
Baxtlar kutib taqdir qo`ynidan.

Xo`rsinasan, ko`zing artasan,
Jilmayasan, xayol surasan.
Ishonmaysan, ohlar tortasan,
Sen sevasan, lekin aytmaysan.

Olib qochgum seni baribir
Qo`l uzamas dardlar bo`ynidan.
Biz zerikdik, biz charchadikku axir,
Baxtlar kutib taqdir qo`ynidan. (x2)

Ushbu qo`shiq matni uchun Shahnoza (@shahnoz_art)ga minnatdorchilik bildiramiz.

Qo'shiq haqida ma'lumot

Nomi:
Xayol
Xonanda:
Sevara Nazarkhan
Muallif:
Bastakor:
Klipmeyker:
Albom:
Yubordi:
Sana:
June 11, 2018