Bugun senga juda gapirgim keldi,
Yuragim borini ochib birma-bir.
G`amgin savollarim qoldi kechada,
Bugun nimanidir tushundim axir. (x2)

Qanday yaxshi, men bugunni topdim,
Birovdan umidvor kutmam marhamat.
Kuldim-da, notanish ko`zlarga boqdim,
Shoshildim kimgadir aytmoqqa rahmat.

Ishonchni tuyaman odimlarimda,
Yorug` imkonlarni beradi bu kun.
Bugun men yashashga urinib ko`rdim,
Baxtliman, deyishga o`rgandim bugun.

Qanday yaxshi, men bugunni topdim,
Birovdan umidvor kutmam marhamat.
Kuldim-da, notanish ko`zlarga boqdim,
Shoshildim kimgadir aytmoqqa rahmat. (x2)

Bugun… hey.. bugun, bugun…

Ushbu qo`shiq matni uchun Shahnoza (@shahnoz_art)ga minnatdorchilik bildiramiz.

Qo'shiq haqida ma'lumot

Nomi:
Bugun
Xonanda:
Sherzod Bek
Muallif:
Bastakor:
Klipmeyker:
Albom:
Yubordi:
Sana:
November 26, 2018