Bu dunyo – bir kam dunyo ekan,
Unda qancha taqdirlar sarson.
Bu taqdirmi, qismat yoki shu hayot,
Bunda qancha alam va armon.
Bir Guli degan qizning hayotini
Misolida bildim o`zimga:
Qanchalar beshafqat hayot sinovi,
Qiz ko`ngli ishonuvchan nega?
Har bir qizga o`xshab Gulining ham
Ko`ngli edi orzuga to`la.
Lek o`ylamagan edi taqdiriga
Bitadi deb o`g`ri bola.
Bexabar qiz hayron, ko`ngli g`ash edi
Qayerdan deb qimmat sovg`alar?
Kun kelib hammasini u angladi,
O`g`rini ushlab ketdilar.
Bu holat qiz uchun sevgilidan
Ayriliq edi bir umrga.
Chidolmay yig`lardi qizning yuragi,
O`g`ri qamaldi sakkiz yilga.
Sog`inchli uzundan-uzun xatlarni
Yozib ovutardi qiz o`zini.
Har lahza ham juda sekin o`tardi,
Vaqt esa hukmini surardi.
Necha yil o`tib, bir kuni bir yigit
Izlab keldi Gulini so`rab.
Ikki yil qoldi, katta salom, deya
Do`stiman, deb kirdi uyiga.
Quvonchi sig`masdan Guli darholda
Darturxon tuzatdi mehmonga.
Sevgilisi sog`-omonligin bilib,
Qizning yetdi boshi osmonga.
Yuvinib, qornini to`yg`azib yigit,
Qarasa sharoit juda zo`r.
Hayotda shayton bor deyishadiku,
Qizni o`rashga tushdi nonko`r.
Mehribon ko`rsatib o`zini yigit,
Gulining qo`liga berdi may.
Sevgiling qamoqdamas, deb yolg`onni
To`qiy boshladi ko`zin yummay.
Sevganing aslida ikki yil oldin
Qutilib chiqqan qamoqdan.
Seni allaqachon unutib ketgan,
Sen esa kutib o`tiribsan.
Bu gaplarni eshitib Guli
Achchiq alamidan to`xtamay ichdi.
Olti yil o`tgan bedor tunlariga
Rosa ham achinib yig`ladi.
Paytdan foydalanib yigit ablah,
Guliga ehtirosi oshdi.
Kutilgan vaziyat – yolg`on o`xshadi,
Do`stining qiziga erishdi.
Ancha vaqt yigit Guli bilan
Qaddini urib yashadi.
Kun kelib boshqa bilan yurib, tag`in
Qizni qarzga botirib ketdi.
Peshonasi sho`r Guli azoblarda
Qarg`adi o`zini ko`plab.
Yig`ladi o`sha o`g`ri bolani
Uchratgan kunini la’natlab.
Nihoyat qo`yilgan o`sha muhlat –
Oradan sakkiz yil ham o`tdi.
O`g`ri bola uchun tugadi muddat,
Aniq vaqtida uyga qaytdi.
Yugurib kelardi sog`ingan bola,
Bosaman deb qizni bag`riga.
Endi bo`ldi, to`g`ri yashayman, deya
So`z berib kelgandi o`ziga.
Guli esa bag`ri qonga to`lib,
Bolani ko`ksidan itardi.
Qancha bo`lmagan gaplarni gapirib,
O`g`rini yonidan haydadi.
Shunda ham bola tabassum bilan
Gulini ko`ziga termuldi.
Kutmagan edi buni sevgilidan,
U qizning poyiga tiz cho`kdi.
Farishtam, deya qizning qo`llarini
Ushlab mahkam labiga bosib,
Bola o`zini tashladi so`nggi bor
Gulining ko`zlariga boqib.
Ushbu qo`shiq matni uchun Bayram O`serov (bayko)ga minnatdorchilik bildiramiz.
Qo'shiq haqida ma'lumot
- Klipmeyker:
- Albom:
- Yubordi:
- Sana:
- February 13, 2017