[Jenisbek Piyazov]
Yana olis, yana yo`lda, hayotim safarda,
Yana yolg`iz, yana yo`lda ko`zlar har saharda.
Yana tonglar, yana tunlar begona shaharda,
Sen kutarsan, kelmasam ham men agarda.

[Shohruhxon]
Yana olis, yana yo`lda, hayotim safarda,
Yana yolg`iz, yana yo`lda ko`zing har safarday o`shal.
Yana tunlar, yana tonglar begona shaharda,
Sen kutarsan, kelmasam ham men agarda.

[Jenisbek Piyazov]
Dunyolarga sig`may, sog`inib yasharlar,
Olislarni ko`zlab, dovonlar osharlar.
[Shohruhxon]
Bedor tunlarini kunlarga ularlar,
Sog`inib, sog`inib, sog`inib dillar dardlasharlar.

[Jenisbek Piyazov]
Yana sog`inch, yuragimiz qiynaydi armonlar,
O`rtamizda bor daryolar, bor tog`lar, o`rmonlar.
[Shohruhxon]
Ko`zlarimiz to`ymagan hech visolga, sarsonlar,
Qalbimizni kuydiradi bu hijronlar.

[Jenisbek Piyazov]
Dunyolarga sig`may, sog`inib yasharlar,
Olislarni ko`zlab, dovonlar osharlar.
[Shohruhxon]
Bedor tunlarini kunlarga ularlar,
Sog`inib, sog`inib, sog`inib dillar dardlasharlar.

Ushbu qo`shiq matni uchun Bayram O`serov (bayko)ga minnatdorchilik bildiramiz.

Qo'shiq haqida ma'lumot

Nomi:
Sog’inib
Xonanda:
Jenisbek Piyazov, Shohruhxon
Muallif:
Bastakor:
Klipmeyker:
Albom:
Yubordi:
Sana:
April 11, 2018

O'xshash qo'shiqlar matnlari