Shohruhxon - Unamaydi qo'shiq matni, lyrics

Shohruhxon

Unamaydi

Yagonaman o`zim dema,
Ayriliqni shirin dema,
Mendan o`zga yoring bo`lsa,
Mendek ko`zi qoni qayda?

Ko`zda uyqu, uyingdasan,
Men g`aribni o`ylamaysan.
Tushlaringga kirib tunda,
Yalinsayam unamaysan.

Ey, so`zlari shirin ozor,
Yoringni diydorlamaysan.
Nolalarga dilim to`ldirib,
Buncha e’tiborlamaysan.

Ko`yingda devona holman,
Ostonangga yo`latmaysan.
Qachon endi o`zing kelib,
Ozorimga unaysan?

Unamaydi, unamaydi, yo tovba,
Eshitsaydi, eshitsaydi, qalb kulba.
Unamaydi, unamaydi, yor tovba,
Eshitsaydi, unamaydi.

Unut bo`ldi uzun tunlar,
Yig`laydi sim-sim yulduzlar.
O`zimni ham unutdim man,
Ko`rib hatto tanimaysan.

Jonim, bitta qiynamagin,
Hayotimni sindirmagin.
Yetolmasam, endi sensiz
Bu dunyoda yasholmayman.

Ey, so`zlari shirin ozor,
Yoringni diydorlamaysan.
Nolalarga dilim to`ldirib,
Buncha e’tiborlamaysan.

Ko`yingda devona holman,
Ostonangga yo`latmaysan.
Qachon endi o`zing kelib,
Ozorimga unaysan?

Unamaydi, unamaydi, yo tovba,
Eshitsaydi, eshitsaydi, qalb kulba.
Unamaydi, unamaydi, yor tovba,
Eshitsaydi, unamaydi. (x1+x1)

Yana unamaydi, unamaydi, yo tovba,
Eshitsaydi, eshitsaydi, qalb kulba.
Unamaydi, yana unamaydi, yo tovba,
Eshitsaydi, unamaydi.

Ushbu qo`shiq matni uchun Shahnoza (@shahnoz_art)ga minnatdorchilik bildiramiz.

Qo'shiq haqida ma'lumot

Nomi:
Unamaydi
Xonanda:
Shohruhxon
Muallif:
Bastakor:
Klipmeyker:
Albom:
Yubordi:
Sana:
July 15, 2019