Hayot o`zi bir o`yindir, xuddi bir qimor,
Bugun yutsak, erta yutqazishimiz dargumon.
Avvalo ota-onangning qadrini bilgin,
Vafo qilganning vafodori bo`lgin.
Ota-onangning qadrini bilgin –
Ketsa, qaytib kelmaydi.
Bugun tashlab ketganlar sanga
Hech qachon do`st bo`lmaydi.
Vafoli bo`lsa yoningda yoring,
Sinovlarga chidaydi.
Hayotin uqqan ayolini
Hech qachon xo`rlamaydi. (x2)
Aka-uka bir biriga yordam bermasa,
Farzand degani ota-onadan xabar olmasa,
Bugun nochorlar balki ertaga zo`r bo`lib ketar,
Hatto do`stlik pul bilan baholanar.
Ota-onangning qadrini bilgin –
Ketsa, qaytib kelmaydi.
Bugun tashlab ketganlar sanga
Hech qachon do`st bo`lmaydi.
Vafoli bo`lsa yoningda yoring,
Sinovlarga chidaydi.
Hayotin uqqan ayolini
Hech qachon xo`rlamaydi. (x2)
Ota-onangning qadriga yetgin,
Ketsa, qaytib kelmaydi.
Bugun tashlab ketganlar sanga
Hech qachon do`st bo`lmaydi.
Vafoli bo`lsa gar yoningda yoring,
Sinovlarga chidaydi.
Hayotin uqqan hech qachon
Ayolini xo`rlamaydi.
Ushbu qo`shiq matni uchun Bayram O`serov (bayko)ga minnatdorchilik bildiramiz.
Qo'shiq haqida ma'lumot
- Klipmeyker:
- Albom:
- Yubordi:
- Sana:
- November 18, 2016