Oramizdagi bu farq
Sani mandan ayirdi,
Yuragimdagi bu dard
Mani xasta ayladi.
Oramizdagi shu farq
Boylikdan iborat edi,
Lekin sani sog`indim rostdan.
Keraging bo`lmay qolar
Sani unutganimda,
Keraging bo`lmay qolar
O`zgaga ko`ngil berganimda.
Kelgin san, bir bora mani
Ko`rgani, jonginam.
Yuragim to`xtab qolar
Sog`inganda sani.
Sani rostdan sog`inib ketdim,
San mani yo`qlamaysan.
Sani yuragimdan sevgandim,
San mani sevmagansan.
Sog`indim saning so`zlaringni,
Sog`indim saning ko`zlaringni,
Yuragimga taskin berolmaysan. (x2)
Ey, man uchun o`tib ketdi o`sha baxtli kunlar,
Ey, san uchun boshlanmoqda o`zgalar bilan ular.
Ey, san uchun nahotki qadrim bo`lmagan,
Ey, san uchun hech kimga aylanganman.
Yuragim so`zlarimga
Hecham quloq solmaydi,
Yuragim ko`zlarimga
Hecham ishona olmaydi.
O`zga bor unda deyman,
O`zgasin tanla deyman,
Ammo yuragim sani
Kutadi rostdan.
Sani rostdan sog`inib ketdim,
San mani yo`qlamaysan.
Sani yuragimdan sevgandim,
San mani sevmagansan.
Sog`indim saning so`zlaringni,
Sog`indim saning ko`zlaringni,
Yuragimga taskin berolmaysan. (x2)
Qo'shiq haqida ma'lumot
- Klipmeyker:
- Albom:
- Yubordi:
- Sana:
- July 10, 2016