Shoxrux - Ota-ona

Shoxrux

Ota-ona

Yillar o`taverar ekan go`yoki kun,
Foniy narsa yo`qolib, topilar mazmun.
Bu uzundan-uzun tunda
O`zim bilan o`zim yolg`iz bugun. (yeah)

Asl ma’no yo`lida yo`ldan uradi hatto,
Boqiy emish muhabbat – bir kunlik bo`ldi xato.
Do`st deb ishonganing bo`lib chiqar ekan chatoq,
Dilimning tubida ado bo`lib yig`lar sado.

Yuragim ezilganda kimga aytaman, ayt?
Faqat onam indamay tinglaydi dardlarimni.
Yo`llarimdan adashib qolganimda meni shu payt,
Faqat otam ochadi yumilgan ko`zlarimni.

Sevgilimga sevaman deb aytaman bemalol, ammo
Negadir unutaman aytish sizlarga shuni:
Sizlarni sevaman, sizlarni sevaman, sizlarni sevaman
Xudo bergan har kuni!

Ko`nglimdagi navo, ko`krakdagi havo –
Otam, onam.
Ko`nglimdagi navo, ko`krakdagi havo –
Otam, onam. Yagonam!

Bunchalar jim bo`lmasa, bunchalar sokin,
Yaqining bo`lmaganda vaqt o`tar sekin.
Dunyodagi eng qimmat narsalar
Aslida bo`lar ekan tekin.

Esimda hali do`stlarim aytganlari menga:
Yoningdagi sohibjamol pul uchun atigi.
Yana esimda sohibjamol aytgan so`zlari:
O`sha do`stlaringiz bir kun kelib pulga sotadi!

Arosat orasida men chekkanimda ozor
Bag`riga bosib meni, onam aytgandi bir bor:
Jon bolam, bir umrga sen shu narsalarni eslab qol –
Bu dunyoda chin do`stlik, haqiqiy muhabbat bor.

Qo`ng`iroq qilganimda, kerak bo`lganda yordam
Hech kim javob bermasa ham, javob berar otam.
Yoningizda bo`laman, bir umr qolaman,
Siz uchun o`laman, kerak bo`lsa bir kuni.

Ko`nglimdagi navo, ko`krakdagi havo –
Otam, onam.
Ko`nglimdagi navo, ko`krakdagi havo –
Otam, onam. Yagonam!

Ko`nglimdagi navo, ko`krakdagi havo –
Otam, onam.
Ko`nglimdagi navo, ko`krakdagi havo –
Otam, onam.

Ko`nglimdagi navo, ko`krakdagi havo –
Otam, onam…

Qo'shiq haqida ma'lumot

Nomi:
Ota-ona
Xonanda:
Shoxrux
Muallif:
Bastakor:
Klipmeyker:
Albom:
Yubordi:
Sana:
November 8, 2016