Rosti do`stim, saf rost,
Bugun qadamni dadil bos.
Qalamda kelajakni yoz,
Ertangi kun havasga mos.
O`zgartirma fikringni,
O`zingga bergan so`zingni.
Koinotga uchaman degan
Paymona armoningni.
Kel, do`stim, qad rost,
Dunyoga qilamiz taqqos
O`zimizni sal, biroz,
Olijanoblarga xos.
Boshqalarga hasad qilma,
Xudo bersin o`zingga.
Harakatingni to`xtatma,
Asling qaytsin naslingga.
Bitta zarbi, nari ishlar,
Bilakda bori aql.
Orzu bozori – amal,
Omadning yori – hozir.
Rivojing oni, tiklan,
O`zbek o`gloni, tur.
Birga yonma-yonmiz,
Birga kuch-to`zoni.
Yugurib, chop,
Keragida to`g`ri yo`lni top.
Ko`rsat bir vaqtida bor de ish,
Qo`lini qo`lga, tishga tish,
Keragida o`zing namoyish.
Bu “o`zbek power”!
Bu “o`zbek power”! {x2}
Adolatda kuch, zakovatda kuch. {x2}
Ruhingni ko`tar xalqim,
Dunyo miqyosiga qadar.
Fursat borida hissangni qo`sh,
Teran sol nazar.
Dunyo bizni chetdan emas,
Shu vatandan tanisin.
Mahorati chakki emas
Shu elatni tan olsin.
Bu nima, u nima bilib qo`y,
So`ng bittama-bitta amal qil.
Dunyo talabiga qarab bor,
O`zbek taxtini baland qil.
O`zingni ko`rsatgin a’lo,
Tarix nashrida qolsin.
Bizdan oldingilar rizo,
Keyingilar faxrlansin.
Kel, do`stim, qad rost,
Dunyoga qilamiz taqqos
O`zimizni sal, biroz,
Olijanoblarga xos.
Boshqalarga hasad qilma,
Xudo bersin o`zingga.
Harakatingni to`xtatma,
Asling qaytsin naslingga.
Chop,
Keragida to`g`ri yo`lni top.
Ko`rsat bir vaqtida bor de ish,
Qo`lini qo`lga, tishga tish,
Keragida o`zing namoyish.
Bu “o`zbek power”!
Bu “o`zbek power”! {x2}
Adolatda kuch, zakovatda kuch. {x2}
Qo'shiq haqida ma'lumot
- Klipmeyker:
- Albom:
- Yubordi:
- Sana:
- March 28, 2021