Ulug'bek Ismailov - Ket deb aytolmayman

Ulug'bek Ismailov

Ket deb aytolmayman

Bir bora sevaman de, ko’p emas,
Bir bora senikiman de.
Sabrimni sinama,
Men ham seni deb bedorman deb ayt.

Or qilma, yuragim ezilar,
Vaqtim bekor o’tar,
Sen hali ham mag’rursan.

Charchadim, ko’nikdim,
O’zim uchun bildim –
Sen o’zingni sevasan.

Ket deb aytolmayman hech,
Yuragim ko’tarmas,
Ammo lekin bo’ldi kech.
O’tgan dam o’zgarmas,
Yaram yozilmas, xayr sevgilim.

Men o’zga olam, sen o’zga olam,
Mening yo’lim boshqa.
Yarimga dil kam, ichimda alam, hey…

Sen ham mehringni ber men kabi,
Kim nima ham der.
Aytdim-qo’ydim o’zim,
Ammo javobi jimjitlik xolos.

Yengildim, yuragim ezilar,
Vaqtim bekor o’tar,
Sen hali ham mag’rursan.

Charchadim, ko’nikdim,
O’zim uchun bildim –
Sen o’zingni sevasan.

Ket deb aytolmayman hech,
Yuragim ko’tarmas,
Ammo lekin bo’ldi kech.
O’tgan dam o’zgarmas,
Yaram yozilmas, xayr sevgilim.

Men o’zga olam, sen o’zga olam,
Mening yo’lim boshqa.
Yarimga dil kam, ichimda alam, hey…

Qo'shiq haqida ma'lumot

Nomi:
Ket deb aytolmayman
Xonanda:
Ulug'bek Ismailov
Muallif:
Bastakor:
Klipmeyker:
Albom:
Yubordi:
Sana:
May 25, 2015