Ummon guruhi - Bino

Ummon

Bino

O’n beshinchi qavatdaman,
Boqaman derazamdan to’g’riga.
Bir qo’limda qora qahva,
Birida sening surating.

Shahar uyquga ketmoqda yana,
Chorrahalarda o’chadi chiroq.
Men turgan binoga bir bor qara,
Faqat mening xonam yonib turar.

Ko’zlaringni sog’inaman yiroqdan,
Lek zo’rg’a ko’rinadi jisming.
So’zlaringni sog’inaman uzoqdan,
Lek shahar shovqini jim turar.

Sen nega yashaysan mening ro’paramda,
Ro’paramdagi baland binoda?
Ko’rgim kelar ko’zlaring,
Sog’inganman hidlaring,
Zo’rg’a ko’rinar jisming. (x2)

O’n to’rtinchi qavatdasan,
Onda-sonda ko’z tashlab o’tasan.
Xonangda yopilgan parda,
Soyang yashar ro’paramda.

Sog’inganman nigohlaring,
Shamol olib kelsin hidlaring.
Men turgan binoga bir bor qara,
Faqat mening xonam yonib turar.

Ular olib qo’ydi seni mendan,
Yo’q dedi hatto uydagilaring ham.
Biz yashaymiz bir biriga qaragan binoda,
Sen u yoqda, men bu yoqda.

Yor, tez-tez ko’z tashlab turgin men tomonga,
Sog’inchlarim cho’ktirmoqda asta armonga.
Shahar uyquga ketib bo’ldi, faqat sen bilan men
Boqamiz uzoqdan bir birimizga.

Ko’zlaringni sog’inaman yiroqdan,
Lek zo’rg’a ko’rinadi jisming.
So’zlaringni sog’inaman uzoqdan,
Lek shahar shovqini jim turar.

Sen nega yashaysan mening ro’paramda,
Ro’paramdagi baland binoda?
Ko’rgim kelar ko’zlaring,
Sog’inganman hidlaring,
Zo’rg’a ko’rinar jisming. (x2)

Qo'shiq haqida ma'lumot

Nomi:
Bino
Xonanda:
Ummon
Muallif:
Bastakor:
Klipmeyker:
Albom:
Yubordi:
Sana:
June 6, 2015