Ummon guruhi - G'arq

Ummon

G’arq

Qorong`u tun, yolg`izman bugun o`zim,
Yo`liga zor qoldi ko`zim.
So`rama, yuragimda zirapcha,
Botib turadi bilmam qancha.
Sog`inchimdan qochib qayga boray?
Yo`l ko`rsat, ozgina ovunay.

Qorong`u xona va men unda,
Qop-qora ko`rpa yotar ustimda.
O`ylab yotaman uni,
O`ylarmikan u ham men haqimda?

Oq libos yarashibdi senga,
Aytaman achchiq bo`lsada menga.
O`gir botdi yurakka
Yo`qotganim seni.

Nega bu dard qiladi g`arq,
O`z domiga tortaveradi meni?
Nega malham topolmayman,
O`tmishimdan o`chirib ketolmayman seni?

Endi hech qachon bo`lmaymiz birga,
Birga bormaymiz qo`l ushlashib baxt uyiga.
Taqdir emas ekan, tan olaman,
Lekin yurak tan olmasa netaman?

San maniki eding, sanikiman derding,
Hozir esa qara kim yoningda!
Saning yolg`on ko`z yoshlaring qurib ketdi,
Maning achchiq ko`z yoshlarim yostig`im ustida.

Baxtlisan bugun, ishonaman,
Sanga Allohdan baxt so`rab yotaman.
Mayli, manga baxt tilab yotmasang ham,
Eslaysanmi oyda bir bo`lsa ham?

Sovqotib yotarman tunlar,
Yuragimni nimadir nimtalab o`tar.
Yetishmaydi yoki iliq qo`llaring,
Yoki sog`inganman aldab yurgan lablaring.

Nega bu dard qiladi g`arq,
O`z domiga tortaveradi meni?
Nega malham topolmayman,
O`tmishimdan o`chirib ketolmayman seni?

Qo'shiq haqida ma'lumot

Nomi:
G’arq
Xonanda:
Ummon
Muallif:
Bastakor:
Klipmeyker:
Albom:
Yubordi:
Sana:
September 12, 2016