Ummon guruhi - Manzilsiz yo'llar

Ummon

Manzilsiz yo’llar

Bo’lar ish bo’ldi, boshlangan tugab bo’ldi,
Endi hech qachon qaytmaydi o’z holiga.
Bormayman oldingga, kelmaysan oldimga,
Faqatgina tushunolmayabman nega?

Agarda ko’nglingga bergan bo’sam ozor
Unda mani kechir, lekin sani ko’nglingga
Hech qachon bermaganman ozor.
Hammasini boshlading-ku o’zing
Va tugatdi so’nggi so’zing.

Boshida mayda gap, keyin esa tuxmat,
Keyin tushundim sanga kerak ketishga sabab.
Mayli ketaver dedim qo’llarimni siltab,
Ertaga yana qaytib keladi mani eslab.

Erta keldi, u kelmadi,
Oradan bir hafta, hamon jimlik.
9-10 kun, negadir bu safargisi uzun,
Nima bu o’yinmi sabr uchun?

Oldingilari 2-3 kundan cho’zilmasdi,
Negadir shubhali, oramiz uzilmasdi.
Mayli, sabrim yengildi, boraman birinchi,
Borganimga afsus ko’zidagi sevinchi,
Yuzidagi kulgu kimga boqardi u?
Qo’llarida gullar, kimga aldandi u?
4 yillik sevgi, 10 kunda afsus,
Sevgi degani to’rtta gulga sotildiku.

Oxiri hammasi bo’ldi ayon,
Nega bu zardalar, mushkil bu talablar,
Mayda-chuyda gaplar, oxirgi kunlarda
Qilayotgan qiliqlaringdan qolmadiku asablar.

O’zi hayotimda kammidi dardlar,
Shunchalar arzonmidi, oramizdagi bu tuyg’ular?
Bo’lar ish bo’ldi, boshlangan tugab bo’ldi,
Yurak sevardi, sevgi esa o’lib bo’ldi.

Manzilsiz yo’llar, yo’llarimdan adashtirding,
Manzilsiz yo’llar, meni kimlarga sen alishding?
Ma’nosiz so’zlar, meni ortga qaytarolmas
Bu qora ko’zlar, bu qora ko’zlar. (x2)

O’sha kuni uni ko’rganimni aytmadim,
Yoniga bormadim, atay indamadim.
Oradan vaqt o’tdi, tunlar og’ir o’tdi,
Keyin esa yana sekin-sekin yoza boshladi xatlar.
Yana o’sha eski gaplar, ular naqadar aql bilan aldar,
Yonizga borsam deydi, kelsang kelaver dedim,
Faqatgina yurak sog’ingan bo’lsa agar.

U keldi va har bir so’ziga bera boshladim ahamiyat,
Har bir hatti-harakatiga yana ahamiyat,
Axir qilib bo’lgandi xiyonat,
Shunda ham ko’zlariga turibman qarab.

Zo’rg’a bo’lsa ham chidab, yolg’onlarini tinglab,
Ichimda yonib yotibdi nafrat.
To’rtta dona gul, esda qoldi abadul-abad,
Sanga shuncha chidagan asablarimga rahmat.

Oz o’tib boshlandi bu mushkul talablar,
Yana bu zardalar, yana bu jahllar.
Oxirida janjal, qanchalar aql bilan ishlangan bu xiylalar,
Bunchalar soxta bu bahonalar, axir manga ayon ular.
Bilib turib kuzatish naqadar qiziq va naqadar og’ir,
Har bitta yolg’on gapirilayotgan gaplar
Yuragimga hanjar kabi sanchilar.

Gapirib bo’ldingmi? Endi mani eshit,
San qilgan qiliqlar yuragim bo’ldi teshib.
Yuzingdagi niqobni tashlagin yechib,
Yo’llarimdan adashtirding chiziqlar chizib.

Oldin gapirishsa ishonmasdim eshitib,
Oxiri iqror bo’ldim, ko’zlarim bilan ko’rib.
Ket va hech qachon qaytmagin ortingga,
Mani hatto qaragim kelmayapti yuzinga!

Manzilsiz yo’llar, yo’llarimdan adashtirding,
Manzilsiz yo’llar, meni kimlarga sen alishding?
Ma’nosiz so’zlar, meni ortga qaytarolmas
Bu qora ko’zlar, bu qora ko’zlar. (x2)

Qo'shiq haqida ma'lumot

Nomi:
Manzilsiz yo’llar
Xonanda:
Ummon
Muallif:
Bastakor:
Klipmeyker:
Albom:
Yubordi:
Sana:
September 24, 2014