Nega sen
Bugun yo`qsan yonimda?
Eng qiyin ahvolimda
Yuzing o`girib ketding.
Lekin men
Yaxshi-yomon kuningda
Bo`ldim doim oldingda,
Sotilib ketding.
Yaxshi yurganimda yonimda eding,
Yomon kuyganimda yiroqlab ketding.
Kutilmaganda hayotimga kelganding,
Kutmoqdaman, qaylardasan?
Yurak yig`laydi, lek u kelmaydi,
Sochlarin tarab, men tomonga qarab.
O`tmish qaytmaydi, yara bitmaydi,
Toki og`riqlar o`tmagunicha qiynar. (x2)
Ha, ishqingda yonmoqdaman bugun,
Atrofimga boqsam, har taraf tutun.
Manimcha bu – seni yo`qliging uchun,
Bu qora tun bunchalar uzun?
Kecha sani ko`rgan edim tushimda,
Kim bilandir sirlashib, turar eding bag`rida.
Kuzatib qarab turar edim so`ridan,
Maning tushlarim har doim kelardi o`ngidan.
Kim bilansan bugun, bilmayman,
Kim bilandir tasavvur qilsam, uxlolmayman.
Bedor qilib ketding o`zingga o`rgatib,
Kulib turgan yuragimni yig`latib.
Saning so`zlaring man uchun malham edi,
Yolg`iz inson uchun bu bayram edi.
Sani jondan ortiq sevaman, degan so`zing
Yolg`on ekan, o`tiribman sog`inib yuzing.
Yaxshi yurganimda yonimda eding,
Yomon kuyganimda yiroqlab ketding.
Kutilmaganda hayotimga kelganding,
Kutmoqdaman, qaylardasan?
Yurak yig`laydi, lek u kelmaydi,
Sochlarin tarab, men tomonga qarab.
O`tmish qaytmaydi, yara bitmaydi,
Toki og`riqlar o`tmagunicha qiynar. (x2)
Qo'shiq haqida ma'lumot
- Klipmeyker:
- Albom:
- Yubordi:
- Sana:
- June 26, 2016