Xurshid Rasulov - Erni xotin boqmasin

Xurshid Rasulov

Erni xotin boqmasin

Yor dilin yor chaqmasin,
Shundan Xudo saqlasin.
Bu dunyoda hech qachon
Erni xotin boqmasin.

Porlamay qolsin quyosh,
Oy o`rniga chiqsin tosh,
Boshlar oyoq, oyoq bosh,
Erni xotin boqmasin.

Kimga yoqsin-yoqmasin,
So`zim og`ir botmasin,
Bu dunyoda hech qachon
Erni xotin boqmasin.
Kelganda ham qiyomat,
Erni xotin boqmasin.

Ezar og`ir nadomat,
Er ahliga malomat,
Kelganda ham qiyomat,
Erni xotin boqmasin.

Ish tushib er boshiga,
Kelsa ayol qoshiga,
Tog`lar talqon boshiga,
Erni xotin boqmasin.

Kimga yoqsin-yoqmasin,
So`zim og`ir botmasin,
Bu dunyoda hech qachon
Erni xotin boqmasin.
Kelganda ham qiyomat,
Erni xotin boqmasin.

O`lsa ham erkak bo`lib,
Afsona ertak bo`lib,
Qolmasin ermak bo`lib,
Erni xotin boqmasin. (x2)

Bu bevafo dunyoni,
Bir bandasi Xudoni,
Dil faryodi Mirzoni:
Erni xotin boqmasin.

Kimga yoqsin-yoqmasin,
So`zim og`ir botmasin,
Bu dunyoda hech qachon
Erni xotin boqmasin.
Kelganda ham qiyomat,
Erni xotin boqmasin.

Erni xotin boqmasin!

Ushbu qo`shiq matni uchun Otabek Ismoilovga minnatdorchilik bildiramiz.

Qo'shiq haqida ma'lumot

Nomi:
Erni xotin boqmasin
Xonanda:
Xurshid Rasulov
Muallif:
Bastakor:
Klipmeyker:
Albom:
Yubordi:
Sana:
November 12, 2016