Xurshid Rasulov - Men uchun asra jonim qo'shiq matni, lyrics

Xurshid Rasulov

Men uchun asra jonim

Tangrim bergan muhabbat shukronasi,
Sen, azizam, zurriyodlarim onasi,
Mayli aytay, keldi jonim, honasi,
Sen o`zingni men uchun asragin.

Bir kam dunyo, kimlar aziz, kimlar xor,
Kimga davlat kerak, kim tirnoqqa zor,
Ne tilasang, Arsh sohibi – Robbim bor,
Sen o`zingni men uchun asragin.

Sen o`zingni men uchun asra, jonim,
Men o`zimni sen uchun asragum.
Ikkimizni ko`p qatori, yorim,
Tangrim asrasin, unga yolvorgum. (x2)

Ayol kishi do`st bo`lmas deydi – bekor,
Ayol do`st bo`lmasa, dushman na darkor?
Qariganda o`g`il-qizga qilma xor,
Sen o`zingni men uchun asragin.

Bolang quchsin o`z bolasin beshigini,
Yoshlik o`tar, umr olar tegishini,
Keksalik qoqmoqda ko`ngil eshigini,
Sen o`zingni men uchun asragin.

Sen o`zingni men uchun asra, jonim,
Men o`zimni sen uchun asragum.
Ikkimizni ko`p qatori, yorim,
Tangrim asrasin, unga yolvorgum. (x2)

Qo'shiq haqida ma'lumot

Nomi:
Men uchun asra jonim
Xonanda:
Xurshid Rasulov
Muallif:
Bastakor:
Klipmeyker:
Albom:
Yubordi:
Sana:
December 11, 2021