[Yasmina]
Seni eslab, yuragim
O`zgani o`ylamaydi.
To`kilar ko`z yoshlarim,
Nahot buni qalbing sezmadi?
[Yasmina va Anvar]
Ko`zlaring nega sog`insam,
Men suratingga qarayman?
Yolg`izim, yonimda faqat
Sen bo`lishingni so`rayman. (x3)
[Anvar]
Tun-u kun izlayman vaslingni faqat,
Jonim, qalbimdagi bu tuyg`u muhabbat.
Javobsiz savollar qiynasa qalbni,
Faqat sen haqingda o`ylayveray abad.
Xayollarim sen tomon
Olib ketadi nogoh,
Mendan baxtliroq yo`qdir inson,
Bir bora tashlasa menga nigoh.
[Yasmina]
Seni eslab, yuragim
O`zgani o`ylamaydi.
To`kilar ko`z yoshlarim,
Nahot buni qalbing sezmadi?
Dardlarimni sen bilmaysan,
Yolg`izlikka ko`mildim.
Ko`zlaringni seni yana ko`rib,
Qanchalik sevishimni men bildim.
[Yasmina va Anvar]
Ko`zlaring nega sog`insam,
Men suratingga qarayman?
Yolg`izim, yonimda faqat
Sen bo`lishingni so`rayman. (x2)
[Anvar]
Aytilmagan qo`shiqlarim ichra
Faqat sening, faqat sening isming yashaydi.
Nega doim yolg`iz seni o`ylaydi yurak?
(Xayollarim shamollarga o`xshaydi)
Bormikan, yo`qmikan dunyoda sevgi?
Farq qilmaydi, baribir sevaveraman seni.
Faqat bitta iltimos, shunga ko`ngin holos:
Azoblarga tashlama meni.
Tashlama meni, mening yagonam…
[Yasmina va Anvar]
Ko`zlaring nega sog`insam,
Men suratingga qarayman?
Yolg`izim, yonimda faqat
Sen bo`lishingni so`rayman.
Ko`zlaringni men sog`insam,
Men suratingga qarayman?
Yolg`izim, yonimda faqat
Sen bo`lishingni so`rayman.
Ushbu qo`shiq matni uchun Bayram O`serov (bayko)ga minnatdorchilik bildiramiz.
Qo'shiq haqida ma'lumot
- Klipmeyker:
- Albom:
- Yubordi:
- Sana:
- April 20, 2018