Yodgor Mirzajonov - Yolg'on dunyo qo'shiq matni, lyrics

Yodgor Mirzajonov

Yolg’on dunyo

Yolg`on dunyo, qahri qattiq, shafqati yo`q,
Yuragingga solib qo`yar bir siqim cho`g`. (x2)
Do`sting so`zi – ko`kragingga qadalgan o`q,
Bu dunyodan vafo kutma, ukaginam. (x2)

Yo`llaringda bugun kimlar zor kutar,
Yo davlat-u shoningga ko`z tikar.
Lekin bugun yo erta unutar,
Bu dunyodan vafo kutmagin. (x2)

Dunyo, dunyo, yolg`on dunyo,
Dunyo, dunyo, bir kam dunyo. (x2)

Ikki do`st bor – biri Olloh, biri ona,
Biri boshing, biri ruhingga parvona. (x2)
Ikkisin deb mayli, yasha darveshona,
Bu dunyodan vafo kutma, ukaginam. (x2)

Kulib turib sovuq quchar do`st deganing,
To`rt tomondan qoning ichar do`st deganing,
O`lmasingdan kafan bichar do`st deganing,
Bu dunyodan vafo kutmagin. (x2)

Dunyo, dunyo, yolg`on dunyo,
Dunyo, dunyo, bir kam dunyo. (x2)

Qo'shiq haqida ma'lumot

Nomi:
Yolg’on dunyo
Xonanda:
Yodgor Mirzajonov
Muallif:
Bastakor:
Klipmeyker:
Albom:
Yubordi:
Sana:
May 2, 2021