Ko`zlaringga boqsam, dardlarim ketar,
Sen va ukang bori – menga yetar.
Alloh bergan menga, to`rt muchasi sog`,
Sardorim o`g`lim, qizim Hayriniso.

Bobosining erkasi, ona qizim,
Quyib qo`ygan yoshligim, xuddi o`zim.
Siz borsizki, yorug`dir mudom bu yuzim,
Alloh bergan omonatlarim.

Olam shodliklari sendadir, qizim,
Hayotim yoritgan yorug` yulduzim.
Yaratganga sanolar bo`lsin ming bor,
Bu hayotda chunki baxtimga sen bor. (x2)

Umringga, bormanki, umr tilayman,
Baxtingga o`lguncha sherik bo`lay man.
Bobong bilan buvinglarni singari
Ulg`ayganda rohating ko`rib yuray man.

Umr o`tib borar sira to`xtamas,
Dunyoda go`zallar senga o`xshamas.
Bir shirin so`zing dardimning darmoni,
“Sizni yaxshi ko`raman, dada”, desang bas.

Olam shodliklari sendadir, qizim,
Hayotim yoritgan yorug` yulduzim.
Yaratganga sanolar bo`lsin ming bor,
Bu hayotda chunki baxtimga sen bor. (x2)

Ushbu qo`shiq matni uchun Shahnoza (@shahnoz_art)ga minnatdorchilik bildiramiz.

Qo'shiq haqida ma'lumot

Nomi:
Qizim
Xonanda:
Yorqinxo'ja Umarov
Muallif:
Bastakor:
Klipmeyker:
Albom:
Yubordi:
Sana:
May 11, 2019