Yulduz Turdiyeva - Kelgin bahorim qo'shiq matni, lyrics

Yulduz Turdieva

Kelgin bahorim

Dardim aytsam o`zingga, tingla dilzorim,
Termulibman ko`zingga, ko`ngilda borim.
Sensiz qish ado bo`lmas, kelmas bahorim,
Diydoringga ko`z to`ymas, ey beg`uborim.

Holimni so`rgali kel endi, yorim,
Jonimda xasratim sel endi, yorim.
Yor, endi kelmasang, aftoda holim,
Kelgin bahorim-ey, ko`r qaddi dolim.

Bexabarsan yo atay beparvosan,
Xasta dilga lutf ayla yor, ber davo san.
Sani boring jon madori, san havosan,
Kel endi zoringga vaslingni ko`r ravo san.

Holimni so`rgali kel endi, yorim,
Jonimda xasratim sel endi, yorim.
Yor, endi kelmasang, aftoda holim,
Kelgin bahorim-ey, ko`r qaddi dolim. (x1+x1)

Ushbu qo`shiq matni uchun Shahnoza (@shahnoz_art)ga minnatdorchilik bildiramiz.

Qo'shiq haqida ma'lumot

Nomi:
Kelgin bahorim
Xonanda:
Yulduz Turdieva
Muallif:
Bastakor:
Klipmeyker:
Albom:
Yubordi:
Sana:
March 14, 2018