Yulduz Usmonova - Shoh va gado qo'shiq matni, lyrics

Yulduz Usmonova

Shoh va gado

Shohni ham gadoni ham
Bir yo`lda ko`r, bir yo`lda, (x2)
Bu dunyoning ishlari
Har yo`ldadir, har yo`lda. (x2)

Savob ishni hammamiz
Qiladurmiz, qilamiz. (x2)
Lek savobni keti yo`q,
Tubi yo`qdur, tubi yo`q. (x2)

Dunyo – armon dunyodir,
Bilmam, tushmi ro`yodir, (x2)
Mehmonlari bir birin
Ko`zlarini o`yodir. (x2)

Shohni ham gadoni ham
Bir yo`lda ko`r, bir yo`lda. (x2)

Dunyo yol`gon dunyodir,
Qo`llarida tosh ko`rdim. (x2)
Halollikning, poklikning
Ko`zlarida yosh ko`rdim. (x2)

Shohni ham gadoni ham
Bir yo`lda ko`r, bir yo`lda. (x2)

Shohni ham gadoni ham
Bir yo`lda ko`r, bir yo`lda, (x2)
Bu dunyoning ishlari
Har yo`ldadir, har yo`lda. (x2)

Shohni ham gadoni ham,
Bir yo`lda ko`r, bir yo`lda. (x4)

Ushbu qo`shiq matni uchun Shahnoza (@shahnoz_art)ga minnatdorchilik bildiramiz.

Qo'shiq haqida ma'lumot

Nomi:
Shoh va gado
Xonanda:
Yulduz Usmonova
Muallif:
Bastakor:
Klipmeyker:
Albom:
Yubordi:
Sana:
March 1, 2018