Molu-davlatingga oshnolar bisyor,
Yiqilsang, topilmas bir do`st vafodor. (x2)
Tandagi joning ham bo`lsa omonat,
Dunyoda o`limdan boshqasi yolg`on. (x2)
Yolg`on, boshqasi yolg`on,
Dunyoda o`limdan boshqasi yolg`on. (x2)
Oqar suv zaminga singib ketadi,
Ming yillar lahzaga tengib ketadi. (x2)
Shohu-gadolarni yengib ketadi,
Dunyoda o`limdan boshqasi yolg`on. (x2)
Yolg`on, boshqasi yolg`on,
Dunyoda o`limdan boshqasi yolg`on. (x2)
Bu dunyo kimlarga vafo qilibdi,
Qay oshiq sevgidan vafo ko`ribdi?
Bahorga inongan gul ham so`libdi,
Dunyoda o`limdan boshqasi yolg`on.
Bahorga ishongan gul ham so`libdi,
Dunyoda o`limdan boshqasi yolg`on.
Yolg`on, boshqasi yolg`on,
Dunyoda o`limdan boshqasi yolg`on. (x8)
Qo'shiq haqida ma'lumot
- Klipmeyker:
- Albom:
- Yubordi:
- Sana:
- December 4, 2016