Yorim qilmas nazora
Men g`arib adosiga.
Qalbi erisa zora
Tanburim sadosiga.

Boqmaydi men bechora
Ishqida fidosiga.
Jo`r bo`lar dil yolvora,
Tanburim sadosiga,
Oy, tanburim sadosiga.

Oy yuzligim, beg`ubor,
Qarab qo`yarmu bir-bor?
Qilarmikan e’tibor
Tanburim sadosiga?

Qolmay chora, imkonim,
Ketar kuchim, darmonim,
Qo`shilganda armonim,
Tanburim sadosiga,
Oy, tanburim sadosiga.

Dard pardaga sig`masa,
Qalb pardasi tig`lasa,
Qaniydi ul yig`lasa
Tanburim sadosiga.

Ki ko`nglini olsaydi,
Diliga o`t yoqsaydi,
Oshiq bo`lib qolsaydi
Tanburim sadosiga. {x2}

Yonib-kuyib hasratda,
Parishon bir holatda,
Yorim qolsin hayratda
Tanburim sadosiga. {x2}

Ushbu qo`shiq matni uchun Shahnoza (@shahnoz_art)ga minnatdorchilik bildiramiz.

Qo'shiq haqida ma'lumot

Nomi:
Tanbur
Xonanda:
Yusufxon Nurmatov
Muallif:
Bastakor:
Klipmeyker:
Albom:
Yubordi:
Sana:
October 4, 2018